Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 6-noyabr, 2026
1. Kim ma’lumotlarni qayta ishlaydi
Sayt va “O‘quv markazlar forumi” mobil ilovasi O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi doirasida ishlaydi. Forum tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
2. Qanday ma’lumot yig‘amiz
Ro‘yxatdan o‘tish va chipta uchun (majburiy):
- ism va familiya;
- telefon raqami — kirish kodi shu raqamga yuboriladi;
- o‘quv markazi yoki tashkilot nomi — chiptada chiqadi;
- viloyat va tuman yoki shahar.
O‘zingiz xohlasangiz kiritadigan ma’lumotlar:
- profil rasmi;
- networking vizitkasi: lavozim, o‘zingiz haqingizda qisqa matn, Telegram username, toifa va qiziqishlar;
- sessiyalarga bergan savollaringiz, ovozlaringiz va baholaringiz;
- saqlagan sessiyalaringiz va kontaktlaringiz;
- “Hamkor bo‘lish” arizasi: ism, telefon va tashkilot.
Avtomatik ravishda:
- buyurtma va chipta ma’lumotlari: paket, summa, to‘lov holati, chipta raqami;
- bildirishnomalarni yoqsangiz — qurilmaning bildirishnoma tokeni va ilova tili.
Bank kartangiz ma’lumotlari bizga kelmaydi: to‘lov Payme yoki Click sahifasida amalga oshiriladi. Joylashuvingiz, telefon kontaktlaringiz va boshqa fayllaringiz yig‘ilmaydi. Kamera faqat QR kodni o‘qish va profil rasmini olish uchun ishlatiladi; rasm faqat siz tanlaganingizda yuklanadi.
3. Nima uchun ishlatamiz
- hisobingizga kirish va uni himoyalash;
- chipta sotish, uni sizning nomingizga chiqarish va forum kirishida tekshirish;
- forum dasturi, eslatmalar va jadval o‘zgarishi haqida xabar berish;
- siz ruxsat bergan bo‘lsangiz, boshqa ishtirokchilarga networking katalogida ko‘rsatish;
- hamkorlik arizangiz bo‘yicha siz bilan bog‘lanish;
- forum reklamasi qanchalik samarali ekanini o‘lchash (Meta Pixel, quyida);
- forum natijalarini umumlashgan (shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan) ko‘rinishda tahlil qilish.
4. Boshqa ishtirokchilar nimani ko‘radi
Networking katalogida faqat chiptasi bor va profilida “Networkingda ko‘rinish”ni yoqqan ishtirokchilar chiqadi. Ular uchun ism, rasm, lavozim, tashkilot va vizitkaga yozgan ma’lumotlari ko‘rinadi. Telefon raqamingiz hech qachon boshqa ishtirokchilarga ko‘rsatilmaydi. Savol bersangiz, ismingiz savol ostida chiqadi (anonim savol berish ham mumkin).
5. Kimlarga uzatiladi
Ma’lumotlar sotilmaydi. Faqat xizmatni ko‘rsatish uchun zarur qism uzatiladi:
- Payme va Click — buyurtma summasi va raqami (to‘lov uchun);
- SMS provayderi — telefon raqami va kirish kodi yoki chipta raqami;
- Telegram — kodni bot orqali olishni tanlasangiz;
- Google Firebase — bildirishnomalarni yoqsangiz, qurilma tokeni;
- Meta Platforms (Facebook, Instagram) — reklama samaradorligini o‘lchash uchun sayt Meta Pixel va Meta Conversions API’dan foydalanadi: sahifa ko‘rish, ariza yuborish, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov hodisalari uzatiladi. Telefon raqami, ism va foydalanuvchi ID Meta’ga faqat shifrlangan (SHA-256 xesh) ko‘rinishda boradi. Meta bu ma’lumotlardan reklamani mos auditoriyaga ko‘rsatish va natijalarni o‘lchash uchun foydalanadi;
- qonun talab qilgan hollarda — vakolatli davlat organlariga.
6. Qancha saqlanadi
Ma’lumotlar hisobingiz mavjud bo‘lguncha saqlanadi. Hisob o‘chirilganda ism, tashkilot, hudud, rasm va vizitka darhol o‘chiriladi. To‘langan buyurtmalar yozuvi buxgalteriya hisobi uchun shaxsiy ma’lumotlarsiz qoladi.
7. Sizning huquqlaringiz
- ma’lumotlaringizni profil sahifasida ko‘rish va o‘zgartirish;
- networking katalogidan istalgan vaqtda chiqish;
- bildirishnomalarni o‘chirish;
- hisobingizni o‘chirish: ilovada Profil → Hisobni o‘chirish, yoki bizga yozing.
Hisob o‘chirilganda faol chiptalar bekor qilinadi va buni qaytarib bo‘lmaydi.
8. Bog‘lanish
Maxfiylik bo‘yicha savol va so‘rovlar: [email protected], telefon +998 55 515 73 91. Siyosat o‘zgarsa, yangi matn shu sahifada e’lon qilinadi.

